Javobchimarkazingizning Telegram admini
Bog'lanish

Javobchi — o'quv markazingizning Telegram admini

Mijoz javobni ertaga kutmaydi.

Markazingizga Telegram'da yozgan odam darhol javob olmasa, boshqasiga yozadi. Javobchi o'sha javobni kechasi ham beradi, qiziqqanining raqamini olib sizga yuboradi.

Botni ko'rib chiqish Bugun ulanadi, ertaga ishlaydi. Birinchi 7 kun bepul, karta so'ralmaydi.
Admin qo'lda javob beradi Mijoz ketdi
Assalomu alaykum, IELTS kursi bormi?21:14
Narxi qancha?21:16
14 soat javob yo'q
Salom! Ha, bor. 700 ming so'm oyiga.ertasi kuni 11:02
Rahmat, boshqa joyga yozildim11:20
Javobchi javob beradi Raqami qo'lingizda
Assalomu alaykum, IELTS kursi bormi?21:14
Assalomu alaykum, eshitaman. Ha, IELTS guruhlarimiz bor.21:14
Narxi qancha?21:16
700 ming so'm oyiga, kurs 4 oy. Birinchi dars bepul.21:16
Raqamingizni qoldiring, ertalab o'zim bog'lanaman.21:16
+998 90 123 45 6721:17

Bitta ketgan o'quvchi qancha turadi?

$220
bitta IELTS o'quvchisi 4 oyda to'laydigan pul
×
3–5
haftasiga javob kutmay ketadigan odam soni, o'rtacha markazda
=
$3 000+
oyiga hech kim sezmay yo'qotiladigan daromad

Admin buni ko'rmaydi — u "hammaga javob berdim" deb o'ylaydi. Lekin 14 soat kutgan odam boshqa markazga allaqachon yozilgan bo'ladi. Javobchi yiliga bittagina o'quvchini saqlab qolsa — o'zini to'laydi. U kuniga bittasini saqlab qoladi.

Bir kunda ishga tushadi

Dasturchi kerak emas, ilova o'rnatilmaydi. Markazingizning o'z boti bo'ladi — nomi ham, rasmi ham sizniki.

1-qadam

Bot ochamiz

Markazingiz nomi bilan Telegram bot ochib beramiz va ulaymiz. Sizdan hech narsa talab qilinmaydi.

2-qadam

Ma'lumotni yozasiz

Kurslar, narxlar, jadval, manzil — oddiy matn bilan panelga yozasiz. Word'da yozgandek.

3-qadam

Bot javob beradi

Mijozlar botga yozadi, javob bir soniyada keladi. Siz faqat lidlarni olasiz.

Adminingiz kabi yozadi

Robot tilida emas. Mijoz qaysi tilda yozsa — o'zbekcha, ruscha, inglizcha — o'sha tilda javob oladi. Bilmagan narsasini o'ylab topmaydi.

salom
Assalomu alaykum, eshitaman
kechqurun dars bormi
Bor, 17:00 va 19:00 da. Qaysi biri qulay?
bolamga 8 yosh, olasizmi
Olamiz, 7–12 yosh guruhimiz bor. Darslar 14:00 va 16:00 da
koreys tili bormi
Buni aniqlab, sizga xabar beraman. Shoshilinch bo'lsa: +998 90 123 45 67

Ma'lumotni o'zingiz yangilaysiz

Narx o'zgardimi — panelga kirib tahrirlaysiz. Bot o'sha zahoti yangi narxni aytadi. Bizga murojaat qilish shart emas.

Ma'lumotlar · 4 ta bo'lim · 2 840 / 30 000 belgi
Kurslar va narxlar
IELTS tayyorlov: 700 000 so'm/oy, 4 oy. General English: 450 000 so'm/oy, haftada 3 marta. Bolalar 7–12 yosh: 350 000 so'm/oy. Birinchi dars bepul.
Dars jadvali
Ertalab 9:00 va 11:00, kechqurun 17:00 va 19:00. Bolalar guruhi 14:00 va 16:00. Guruhda 8–10 kishi.
Manzil va ish vaqti
Toshkent, Yunusobod, Bobur ko'chasi 12. Dushanba–shanba 9:00–20:00. Metro Yunusobod, Korzinka yonida.
To'lov
Naqd, Payme, Click. Oldindan to'lanadi. Ikki kishi birga kelsa 10% chegirma.

Siz faqat kerakli xabarni olasiz

Bot har savolga sizni bezovta qilmaydi. Telegram'ingizga ikki narsa keladi: qiziqqan mijozning raqami va bot javob topolmagan haqiqiy savol.

Yangi mijoz — Aziz, +998 90 555 12 34 IELTS kursi, kechqurun guruh · 21:17
Javob topilmadi: «Koreys tili kursi bormi?» Panelga ma'lumot qo'shsangiz, keyingi safar bot o'zi aytadi
Yangi mijoz — Nodira, +998 93 111 22 33 Bolalar guruhi, 8 yosh · 23:41

Narxi

Bitta administrator oyiga $250–300 oladi va faqat ish vaqtida javob beradi. Javobchi shundan 10 barobar arzon va 24 soat ishlaydi.

Boshlang'ich
$9oyiga · kuniga 30 sent
Kichik markaz, kuniga 20–30 savol
  • Oyiga 1 000 tagacha savol
  • Bitta bot
  • Ma'lumotlar paneli
  • Mijoz raqamlari Telegram'ga
Ko'pchilik shuni oladi
Standart
$19oyiga · kuniga 60 sent
Bitta filial, savol soni cheklanmagan
  • Cheksiz savol va suhbat
  • Lidlar va suhbatlar ekrani
  • Javobsiz savollar ro'yxati
  • Haftalik hisobot
  • Bot adminingiz uslubida yozadi
Filial
$39oyiga · kuniga $1.30
Bir nechta filial yoki yo'nalish
  • Standartdagi hammasi
  • 5 tagacha bot yoki filial
  • Filiallar bo'yicha umumiy statistika
  • Ma'lumotni bir joydan boshqarish
  • Ustuvor qo'llab-quvvatlash
Birinchi 7 kun bepul. Karta so'ralmaydi. Nechta savol kelgani va nechta raqam yig'ilganini ko'rasiz, keyin qaror qilasiz.
Shartnoma yo'q. Istalgan oyda to'xtatasiz, hech narsa so'ramaymiz.
Birinchi 10 markazga narx umrbod shu. Keyin oshadi. Hozircha 7 ta joy qoldi.

To'lov so'mda, kurs bo'yicha. Payme, Click yoki hisob raqamga.

Bugun kechqurun ham kimdir yozadi va javob kutmaydi.

Yozing — ertaga shu vaqtda bot markazingiz nomidan javob berayotgan bo'ladi. 7 kun bepul, karta so'ralmaydi.